Ma’ruza juda yoqdi, ko‘p insaytlar oldim. Menimcha, bunday uchrashuvlarni tez-tez o‘tkazish kerak, chunki sellerlar bevosita Uzum Market vakillaridan ko‘plab yangi ma’lumotlar olishlari va qiziqarli va o‘zlarini qiynayotgan savollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri berishlari mumkin. Ba’zi masalalarni support orqali hal qilish qiyin, bu yerda esa bevosita Uzum Market decision maker’lari ko‘rib chiqishi va yechim berishlari mumkin. Xullas, katta rahmat!